Samarqandda an’anaviy Xalqaro paraplan festivali o‘tkaziladi
2026-04-21 12:50:00 / Yangiliklar
Yurtimizda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida 5-10-may kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida “Xalqaro Paraplan Festivali” bo‘lib o‘tadi.

“Andak” MFYda o‘tkazilishi rejalashtirilgan festivalda 10 ga yaqin davlatlardan keladigan ishtirokchilar qatnashadi. Festival dasturidan paraplan shoulari va musobaqalari, gastronomik ko‘rgazmalar, konsertlar, milliy o‘yinlar va qiziqarli musobaqalar o‘rin olgan.
Barchani festivalda kutamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998915577643
