AQSh sari otlangan avtokarvon O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib etmoqda
2026-04-18 11:10:00 / Yangiliklar

2026-yil 31-mart kuni Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi blogerlar guruhi mamlakatimizning turistik brendini aks ettiruvchi maxsus logotiplar bilan bezatilgan avtomobillarda AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘l oldi.
Mazkur promo-tur doirasida blogerlar O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib, mamlakatimizning diqqatga sazovor maskanlari va turistik salohiyatini yoritib, xalqaro auditoriyaga mo‘ljallangan media-kontentlar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilishmoqda.
Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar O‘zbekistonning turizm sohasidagi imkoniyatlarini ommalashtirish, hududlar brendini mustahkamlash va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Safar davomida promo-tur ishtirokchilari Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Shveytsariya, Belgiya, Germaniya va Fransiya orqali 9-may kuni AQShga yetib borishi rejalashtirilgan.









