Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tadi
2026-04-16 21:05:00 / Yangiliklar

Festival davomida ishtirokchilar milliy hunarmandchilikning eng sara namunalari bilan tanishib, san’at va an’analarning betakror uyg‘unligini yaqindan his etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Dastur doirasida nodir ko‘rgazmalar tashkil etilib, mohir ustalar tomonidan tayyorlangan so‘zana va kashtachilik asarlari taqdim etiladi. Shuningdek, mehmonlar uchun mahorat darslari o‘tkazilib, tajribali hunarmandlardan kashta tikish sirlarini o‘rganish imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, hunarmandchilik bozori faoliyat yuritadi va unda milliy sovg‘alar hamda esdalik buyumlarini xarid qilish mumkin bo‘ladi. Festival muhitini folklor jamoalarining chiqishlari yanada boyitadi.
Ushbu tadbir tarix va san’at uyg‘unligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun noyob imkoniyatdir.
