Nukusda birinchi Qoraqalpog‘iston destinatsiya forumi o‘tkaziladi
2026-04-14 10:20:00 / Yangiliklar

Forumda turizm sohasidagi mutaxassislar, mahalliy va xorijiy turoperatorlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda sohaga aloqador tashkilotlar ishtirok etadi. Shuningdek, forumda Yevropa va Osiyoning 10 dan ortiq davlatlaridan, jumladan Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shveysariya, Belgiya, Turkiya, Bosniya va Gersegovina, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston hamda Xitoydan nufuzli xorijiy turkompaniyalar vakillari qatnashadi.
Shuningdek, forum doirasida mahalliy va xorijiy turizm kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan B2B uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Barchangizni ushbu nufuzli forumda ishtirok etishga taklif etamiz!
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998983661997, +998913817670 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
