Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
2026-03-28 17:30:00 / Yangiliklar
1 aprel — Butunjahon kulgi kuni munosabati bilan Buxoroda “Nasriddin Afandi" hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi.

Bayram qisqa yumoristik, satirik miniatyura va latifalarning mashhur qahramonlari, jumladan, Xo‘ja Nasriddinning kundalik ertaklari bilan bog‘liq bo‘lgan hazillar, mutoyibalar va rang-barang afsonalarga boy bo‘ladi.
Bundan tashqari, "Sharq taomlari" festivaliga tashrif buyurganlar O‘zbekiston milliy oshxonasining mazali taomlari va shirinliklaridan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi.
Ma’lumot uchun: “Nasriddin Afandi” festivali Nodir Devonbegi madrasasi, Nasriddin Afandi haykali yonida, “Sharq taomlari” festivali esa “Somoniylar” bog’i kiraverishidagi hovuz oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni festivalga kutib qolamiz!
