Farg‘ona viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
2026-03-13 14:50:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida viloyatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turizm yo‘nalishlarini shakllantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan qator investitsiya loyihalar bilan tanishildi.
Shuningdek, hududning tabiiy, tarixiy va madaniy salohiyatidan samarali foydalanish orqali yangi turizm mahsulotlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Turizm qo‘mitasi raisiga Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari X. Axmedov hamrohlik qilib, viloyatda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari barpo etilishi, shuningdek ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda viloyatda turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yangi xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish hamda sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tashrif doirasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sohada mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif Farg‘ona viloyatining turizm salohiyatidan yanada samarali foydalanish, hududning turistik jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.









