Ramazon oyida mehmonxonalarda saharlik nonushtasi yo‘lga qo‘yildi
2026-02-19 19:50:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda joriy yil 19-fevral sanasidan 20-martga qadar muborak Ramazon oyi munosabati bilan respublikaning barcha hududlaridagi 551 ta mehmonxonalarda tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun saharlik nonushtasi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbus Ramazon oyining ma’naviy muhitini mehmonlar uchun yanada qulay va mazmunli tashkil etish, mehmondo‘stlik xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan.
Mehmonxonalarda saharlik dasturxonlari milliy taomlar, halol mahsulotlar hamda sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga mos ravishda tashkil etilib, mehmonlarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.
