Parkentda oilaviy mehmon uylari uchun tajriba almashinuvi o‘tkazildi
2025-12-02 11:00:00 / Yangiliklar
Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan oilaviy mehmon uyi egalari uchun amaliy tajriba almashinuvi tashkil etildi. Unda sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatayotgan oilaviy mehmon uylari faoliyati na’muna sifatida tanishtirildi.

Amaliyot davomida ishtirokchilar mehmon uyining ish faoliyati, mehmonlarni kutib olish, xizmat ko‘rsatish madaniyati, xonalarni milliy uslubda bezash hamda samimiy muhitni shakllantirish bo‘yicha tajribalar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmon uyi faoliyatini samarali tashkil etish va xizmat sifatini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Bugungi kunda hududlar bo‘ylab oilaviy mehmon uylari faoliyatini takomillashtirish maqsadida tumandagi “Sayyoh-2000” oilaviy mehmon uyining ilg‘or tajribasi boshqa mehmon uylari uchun o‘rnak sifatida targ‘ib qilinib, uni hududdagi boshqa mehmon uylarida qo‘llash tavsiya etildi.







