VAKANT LAVOZIMLARGA ISHGA QILISH TARTIBI
Din ishlari bo'yicha qo'mitasiga ishga qabul qilish faqat Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining newvacancy.argos.uz portali orqali ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi.
Nomzodlar millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʻiy nazar, oʻzlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda maʻlumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat xizmati organlariga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
