Murojaat yo'llash

Murojaat yo‘llash
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga murojaat yo‘llash va murojaat holatini tekshirish
Elektron murojaat yuborish
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga murojaat yuborish hamda yuborilgan murojaat holatini tekshirish uchun Yagona onlayn murojaatlar platformasidan foydalanish mumkin.
Murojaat yuborish tartibi
1. Platformaga o‘tish
Murojaat yuborish uchun murojaat.gov.uz platformasiga o‘tiladi.
2. OneID orqali kirish
Murojaat yuborish uchun foydalanuvchi shaxsiy kabinetga OneID orqali kiradi.
3. Tashkilotni tanlash
Murojaat yuboriladigan tashkilot sifatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tanlanadi.
4. Murojaat holatini kuzatish
Yuborilgan murojaatning ko‘rib chiqilish holatini platforma orqali tekshirish mumkin.
E’lon
Jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi. Ushbu sayyor qabulda qo‘mita raxbariyati ZOOM platformasi orqali ishtirok etadi.
Sana: 2026-yil 28-sentabr
Vaqti: 14:00 dan 16:00 gacha
Manzil: Buxoro viloyati xalq qabulxonasi binosida
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar reja-grafigi
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati tomonidan 2026-yil davomida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish reja-grafigi.
| № | Rahbar F.I.SH. | Lavozimi | Uchrashuv o‘tkazish joyi | Uchrashuv o‘tkazish vaqti | Tashkiliy ishlar uchun mas’ul bo‘limlar |
|---|---|---|---|---|---|
| 1. | Toshboyev Sodiq Donaqulovich | Qo‘mita raisi | Toshkent shahri | Fevral | Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi |
| 2. | Maxsudov Davronbek Rustamovich | Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari | Toshkent shahri | Iyun | Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi |
| 3. | Kaxxarova Matlyuba Manofovna | Rais o‘rinbosari | Toshkent shahri | Avgust | Xotin-qizlar bilan ishlash va “Targ‘ibot guruh”larini muvofiqlashtirish bo‘limi |
| 4. | Mamadkulov Dilshod Amonkulovich | Rais o‘rinbosari | Toshkent shahri | Noyabr | Dinshunoslik ekspertizasi boshqarmasi |
* Uchrashuvlar o‘tkazish reja-grafigi rahbarlarning ish tartibiga qarab vaqti va hududi o‘zgarishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot
Murojaat va sayyor qabul yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
