“Ro‘yxatga olish – 2026”

Ro‘yxatga olish – 2026
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etish, rasmiy hujjatlar, qo‘llanmalar va foydali havolalar
Muhim ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Tezkor o‘tishlar
Ro‘yxatga olish bosqichlari
1
1-bosqich: 15–31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
2
2-bosqich: 4–28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
Savolnoma va maxfiylik
71
Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni — 71 ta. Shundan 54 tasi aholiga oid, 17 tasi qishloq xo‘jaligiga oid savollardan iborat.
SIR
Ma’lumotlar maxfiyligi
Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi. Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Video qo‘llanmalar
Foydali havolalar
Qo‘shimcha ma’lumot uchun
Telefon: (71) 207-17-58, ichki raqam 161
