Jizzax viloyatida Respublika forumi bo’lib o’tdi
2025-07-18 20:15:00 / Yangiliklar

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari M.Qaxxarova , Jizzax viloyati hokimi U.Mustafoyev ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini qutlab nutq so‘zladilar.
Tadbirda M.Qaxxarova tomonidan “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati, asosiy prinsiplari, maqsad va vazifalariga batafsil to’xtalib o’tildi.
Forumning asosiy maqsadi – jamiyatda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va huquqiy ongni yuksaltirish, fuqarolar o‘rtasida sog‘lom maʼnaviy muhitni shakllantirish hamda turli manfaatdor idoralar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati








