Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
2025-06-26 15:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 25-iyun kuni, Toshkent viloyati, Toshkent tumani Madaniyat markazida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi o'rinbosari M.Qaxxarova, shuningdek maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etdi.
Tadbirda M.Qaxxarova tomonidan diniy-ma'rifiy sohada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, uning vijdon erkinligini taʼminlashdagi ahamiyati hamda diniy-maʼrifiy sohada belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati




