Jamoatchilik muhokamasi
2025-01-10 10:15:00 / Yangiliklar

📢 2025-yilgi Davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi (https://uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama).
📌 Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.
📝 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
✅ 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildiring.
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati