Xushxabar: “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlandi
2024-09-11 15:30:00 / Yangiliklar
2024-yil 10-sentabr kuni “Umra – 2024” mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.

Mazkur reysda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Fargʻona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar umrachilar Jidda shahriga yoʻl oldi.
Maʼlumot oʻrnida, ziyoratchilarimiz Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun boʻladi.
Ziyoratchilar Madinada “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Al-Ayyam Elite” va “Marmara Hotel” singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi.
Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


