Haj vaziri bilan yangi mavsumni yuqori darajada ötkaziş muhokama qilindi
2026-11-08 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 8-noyabr kuni Özbekiston delegasiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi örtasida “Haj – 2027” mavsumini namunali taşkil etiş yuzasidan muloqot bölib ötdi.
Unda Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar böyiça maslahatçisi Muzaffar Kamilov, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiq Toşboyev, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Orifxon Zakirov, elçi Nodirjon Turğunov, attaşe Şuhrat Amoniy kelgusi haj mavsumini yuqori darajada ötkaziş masalalarini atrofliça muhokama qilişdi.
Uçraşuv avvalida muhtaram Prezidentimiz hamda Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Valiahd Muhammad bin Salmon Ol Saud örtasidagi köp qirrali munosabatlar salmoqli natija berayotgani, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, energetika, turizm, qişloq xöjaligi va ziyoratçilarga eng yuqori darajadagi xizmatlar körsatilayotgani alohida e’tirof etildi.
Haj va umra vaziri öz navbatida Özbekiston Prezidenti rahnamoligida amalga oşirilayotgan islohotlarni, xususan, diniy-ma’rifiy sohadagi ijobiy özgarişlar, butun dunyo e’tirofiga sazovor bölayotgan Islom sivilizasiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasida olib borilgan bunyodkorlik işlari, şuningdek, ziyoratçilarga yaratilayotgan qulay şaroitlarni yuksak baholadi. Doktor Tavfiq ar-Robia yurtimizga amalga oşirgan avvalgi ikki taşrifi davomida guvohi bölgan jadal taraqqiyotni e’tirof etib, Özbekistonga yana taşrif buyuriş niyatida ekanini ma’lum qildi.
Muloqot davomida “Haj-2027” mavsumini yuqori saviyada taşkil etiş bilan boğliq taşkiliy masalalar yuqori sifat nuqtai nazaridan muhokama qilindi. Jumladan, hojilarga eng munosib şaroitlarni hozirlaş, haj arkonlari ado etiladigan makonlarda şaroitlarni yaxşilaş, transport, tibbiy va oşxona xizmatlari sifatini takomillaştiriş kabilarga urğu qaratildi.
Muloqot yakunida tomonlar qator masalalar böyiça kelişuvga erişiş barobarida özaro esdalik sovğalari almaşdilar.
Din işlari böyiça qömita
Axborot xizmati








