Umra litsenziyasini olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar
2024-10-15 14:00:00 / Yangiliklar
Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ etib belgilangan.
Litsenziya - “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati uchun yakka tartibdagi litsenziya sifatida yuridik shaxslarga taqdim etiladi.
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
✅ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
- yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
- tadbirkorlik subyekti rahbari va xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, manzili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari;
✅litsenziya talabgori tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning “Ziyorat” jamgʻarmasiga 1 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
✅“Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarga guruh rahbari etib diniy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassisni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
✅“Umra” xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligining “Umra” litsenziyasiga ega boʻlgan hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan shartnoma nusxasi;
✅ziyoratchilarni tashish va parvozlarni amalga oshirish boʻyicha aviakompaniya(lar) tuzilgan hamkorlik shartnomasi nusxasi;
✅tadbirkorlik subyektining ziyoratchilarga sifatli xizmat koʻrsatishi uchun zamonaviy jihozlangan binoda faoliyat yuritishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
✅tadbirkorlik subyektining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
➡️Din ishlari boʻyicha qoʻmita 2024-yil 15-oktyabrdan 28-oktyabrga qadar tadbirkorlik subyektlaridan litsenziya uchun arizalarni qabul qiladi.
➡️Ish vaqtlari: Dushanba - Juma soat 09.00dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: soat 13.00-14.00.
➡️Tel: 712071758 (ichki 124)
➡️Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi 100011, Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 12-uy.
➡️ Rekvizit boʻyicha batafsil maʼlumot:
H/R 2340 2000 3001 0000 1010
Bank: HKKM MB BB Toshkent shahar, MFO: 00014
Sh/H 4014 1086 0262 6670 8510 0023 001
INN (STIR): 202 395 586 OKED: 84112
ARIZA NAMUNASI
Yuridik shaxs rasmiy blankasida
O‘zbekiston Respublikasi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi
raisi S.Toshboyevga
(yuridik shaxs nomi, rahbarining FISh, manzili, telefon raqami)
A R I Z A
Sizdan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktyabrdagi 668-son qaroriga muvofiq “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziyani olish maqsadida arizamni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishingizni so‘rayman.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktyabrdagi 668-son qarori 1-ilovasi “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom”iga ilova “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini litsenziyalash pasporti” 9-bandida belgilangan litsenziya talab va shartlariga rioya qilishga roziligimni bildiraman.
Yuridik shaxs haqida ma’lumot:
- Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
- joylashgan yeri (pochta manzili);
- faoliyatni amalga oshirish joyining manzili;
- STIR;
- bank muassasasining nomi;
- bank hisob varag‘i;
- tadbirkorlik subyekti rahbari va xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, manzili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari (xatga ilova qilinadi);
Ilova: Hujjatlar to‘plami
F.I.Sh. Imzo Muhr