ÖZBEKISTON DELEGATSIYASI VII BUTUNJAHON MADANIYATLARARO MULOQOT FORUMIDA IŞTIROK ETDI
2026-10-30 14:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 27–28-oktabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida “Bölingan dunyoda umumiy kelajak uçun muloqot: köpriklar quriş” şiori ostida VII Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumi bölib ötdi.
Nufuzli xalqaro anjumanda Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar böyiça maslahatçisi Muzaffar Kamilov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi iştirok etdi.
Forum doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Islom olami ta’lim, fan va madaniyat taşkiloti (ICESCO) Boş direktori Salim bin Muhammad Al-Malik, BMT Boş kotibining örinbosari, BMT Sivilizatsiyalar alyansining Oliy vakili Migel Anxel Moratinos, Ozarbayjon Diniy taşkilotlar bilan işlaş böyiça davlat qömitasi raisi Ramin Mammadov, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Şayxulislom Allohşukur Poşşozoda, Pokistonning diniy işlar va dinlararo hamjihatlik vaziri Sardar Muhammad Yusuf, BAAning Musulmon donişmandlar xalqaro taşkiloti boş kotibi Muhammad Abdussalom, IRCICA taşkiloti rahbari professor Erol Qiliç hamda boşqa xalqaro taşkilotlar, diplomatik vakolatxonalar va diniy jamoalar vakillari qatnaşdi.
Anjumanda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida madaniyatlararo hamda dinlararo muloqot, tinchlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
28-oktabr kuni Ozarbayjon Diniy taşkilotlar bilan işlaş böyiça davlat qömitasi hamda BMT Sivilizatsiyalar alyansi (UNAOC) hamkorligida taşkil etilgan “Dinlararo muloqot: umumiy kelajak sari yöl xaritasi” mavzusidagi yalpi majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar böyiça maslahatçisi Muzaffar Kamilov ham iştirok etib, öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
U öz nutqida mazkur forum tinçlik, bağrikenglik va özaro anglaşuvni mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muhim xalqaro muloqot maydoni ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, Özbekiston va Ozarbayjon xalqlarini boğlab turuvçi muştarak tarixiy ildizlar, madaniy meros va döstlik riştalariga e’tibor qaratdi. Alişer Navoiy va Nizomiy Ganjaviy ijodi uşbu ma’naviy yaqinlikning yorqin ifodasi ekani qayd etildi.
M. Kamilov bugungi geosiyosiy ziddiyatlar, ksenofobiya va islomofobiya kuçayib borayotgan şaroitda dinlararo muloqot inson qadr-qimmatini himoya qiliş va tinçlikni qaror toptirişga xizmat qilişi lozimligini ta’kidladi. Şuningdek, diniy bağrikenglikni mustahkamlaşda ta’lim, yoşlar bilan işlaş hamda raqamli davrda sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalaniş borasidagi xalqaro hamkorlikning muhimligiga alohida töxtalib ötdi.
Anjuman turli madaniyat va din vakillari örtasidagi özaro hurmat, hamkorlik va muloqotni rivojlantirişga qaratilgan muhim xalqaro platforma sifatida öz işini yakunladi.
Din işlari böyiça qömita
Axborot xizmati





