21-oktabr – “Oʻzbek tili bayrami” kuni
2026-10-21 10:05:00 / Yangiliklar

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — qutlugʻ sana, ulugʻ bayram muborak boʻlsin!
O‘zbek tili – xalqimizning milliy o‘zligi, boy ma’naviy merosi va ko‘p asrlik davlatchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir.
Davlat tili maqomining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, uning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish hamda xalqaro miqyosdagi o‘rnini kengaytirish milliy o‘zligimizni asrab-avaylashning muhim kafolatidir.
Ona tilimizni e’zozlash, uning sofligini saqlash, so‘z xazinasini yanada boyitib, kelgusi avlodlarga yetkazish – har birimizning yuksak mas’uliyatimiz va sharafli burchimizdir.
Din ishlari bo'yicha qo'mita rahbariyati va jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram bilan samimiy qutlaydi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
