Ispaniya ilmiy muassasalari bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama etildi
2026-09-15 17:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi va O‘zbekistonning Ispaniya Qirolligidagi elchixonasi vakillari Granada shahridagi Yevropa va arab mamlakatlari Oliy tadqiqotlar fondi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Fond direktori Antonio Sanches Ortega O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni kengaytirish taklifini ilgari surdi.
Fond vakillari O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy va profilaktika sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lami va samaradorligini yuqori baholab, mamlakat tajribasini chuqur o‘rganish zarurligini ta’kidlashdi. Tomonlar erishilgan natijalarni xalqaro miqyosda ommalashtirish hamda bu borada hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati





