Xotin-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi
2026-07-27 10:30:00 / Yangiliklar

Olmazor tumanida Mahalla yettiligi ishtirokida xotin-qizlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash ishlari samaradorligini kuchaytirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o'rinbosari M.Qaxxarova ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni mustahkamlash, ularni turli yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta'siridan asrash, milliy va oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


