“Mahalla obod – yurt obod”
2024-08-24 16:45:00 / Yangiliklar

Xalqimizga xos boʻlgan doʻstlik, birdamlik, mehr-muruvvat, ozodalik kabi ezgu fazilatlar hashar kunlarida ayniqsa yorqin namoyon boʻladi.
Yana bir necha kundan soʻng mustaqilligimizga 33 yil toʻlishi munosabati bilan bayramni keng nishonlaymiz. Mazkur umumxalq xayriya hashari eng ulugʻ va eng aziz ayyomni koʻtarinkilikda kutib olish uchun oʻziga xos tayyorgarlikdir.
Shu munosabat bilan, bugun, 24-avgust kuni Din ishlari bo'yicha qo'mitada xayriya hashari yuqori saviyada tashkil etildi.
Bino hovlisini tartibga keltirish, atrofni tozalash, tegishli yer maydonchalaridagi daraxtlarni oqlash, suv quyish, yerni yumshatish, xazonlarni yigʻish kabi yumushlar bajarildi.
Tarkibiy bo'linmalar va texnik xodimlar obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati





