O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari xalqaro anjumanda nutq so‘zladi
2024-07-28 18:45:00 / Yangiliklar
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ma’naviy ipak yo‘li: Katta Yevroosiyo makonida an’anaviy qadriyatlarning ma’nosi” mavzusida V xalqaro ilmiy-teologik konferensiyasiyada Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Unda Yangi O'zbekistonda tarixiy-ma’naviy merosni o‘rganish, ziyorat turizmi sohasidagi yutuqlar, dunyo ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan olim va mutafakkirlarning beqiyos ma'naviy merosini targ‘ib etish bo‘yicha olib borilayotgan diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.
Ma’ruza tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.



