Xalqaro konferensiyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2024-07-26 15:50:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida “Ma’naviy ipak yo‘li: Katta Yevroosiyo makonida an’anaviy qadriyatlarning ma’nosi” mavzusida V xalqaro ilmiy-teologik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanning ochilish va yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari O.Saliyev konferensiya tashkilotchilari va ishtirokchilariga o‘zining qutlov nutqini taqdim etdi.
O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida diniy-ma’rifiy sohasida olib borilayotgan izchil hamkorlik aloqalariga to‘xtalib, bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov “Oʻzbekiston tarixiy meros va jahon madaniyati yodgorliklari yurti” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.






