Diniy-ma'rifiy soha xodimlari mukofotlandi
2026-03-25 10:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni (https://president.uz/oz/lists/view/9033) bilan bir guruh diniy-ma'rifiy sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar mukofotlandi.
Xususan, II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan:
Saatova Zulayxa Ochilovna - Toshkent shahar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi.
"Shuhrat" medali bilan:
Kasimova Xasiyat Ulukovna - Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi;
Kodirova Mufazzal Arslonovna - Andijon viloyati targ‘ibotchilar guruhi rahbari
Ushbu mukofot soha xodimlarining ma’rifat tarqatish, ayollar orasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissalarining munosib e’tirofidir.
Mukofot egalarini yuksak ishonch va e'tirof bilan muborakbod etamiz






