BAYRAM TABRIGI
2026-03-08 11:10:00 / Yangiliklar

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati va jamoasi yurtimizning barcha mo‘tabar ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Bahor faslining kirib kelishi bilan yurtimizga iliqlik, yurtdoshlarimiz qalbiga quvonch va xush kayfiyat ulashuvchi ushbu go‘zal bayramning aynan Siz — nafosat, mehr va latofat sohibalari sharafiga bag‘ishlanganida ham chuqur ramziy ma’no mujassamdir.
Azaldan ayol siymosi go‘zallik, vafo, sadoqat va mehr-muhabbat timsoli sifatida ulug‘lanib kelgan. Bir so’z bilan aytganda, ayol – hayotning davomchisi, oila va jamiyatning mustahkam tayanchidir!
Bugungi qutlug’ sana munosabati bilan yana bir bor barcha aziz va muhtarama ayol-qizlarimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
