“Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat”
2024-06-15 13:40:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 14-iyun kuni, Milliy matbuot markazida “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Bosh vazir o‘rinbosari, Senator Z.Maxkamova, Din ishlari bo'yicha qo‘mita raisining birinchi o'rinbosari D.Maxsudov, Kinematografiya agentligi direktori Sh.Rizayev, Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Sh.Sultonova hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan rahbar va proffesorlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga “Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy va ma’rifiy islohotlar”, “Xotin-qizlar ma’rifati – mamlakat taraqqiyoti poydevori” mavzularda ma'ruzalar qilindi hamda ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki ekanligi haqida fikrlar bildirildi.