QONUN BUZILISH HOLATI YUZASIDAN JARIMA QO‘LLANILDI
2026-02-20 14:40:00 / Yangiliklar

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra Namangan viloyati, Namangan shahrida joylashgan “MARMARA TRAVEL NAMANGAN" MCHJ ga nisbatan litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani uchun jarima qo‘llanildi.
Hurmatli fuqarolar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyoratchilarimizni "Umra" amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etadi.
