“Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili”
2026-02-03 10:50:00 / Yangiliklar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2010-yil 20-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili fevral oyining birinchi haftasi “Dinlararo hamjihatlik haftaligi” hamda 2020-yil 21-dekabrdagi rezolyutsiyaga binoan har yilning 4-fevral sanasi “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” deb e’lon qilingan.
🔹Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan joriy yilning 3-5-fevral kunlari Toshkent shahri va Buxoro viloyatida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – tinchlik va barqarorlik omili” shiori ostida ilmiy va madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ayni paytda Akademiyada haftalik doirasida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar boshlandi.
Seminarda UNESCO xalqaro tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi UNESCO milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakillari, dinshunos ekspertlar, taniqli olimlar, yurtimiz faoliyat olib borayotgan konfessiyalar vakillari, shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o'rinbosari M.Qahharova kirish nutqi bilan ishtirok etdi.








