Kitobda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi bo‘limining yangi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi
2025-08-08 10:10:00 / Press-relizlar

Ushbu zamonaviy binoning ochilish tadbirda Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev, sohaning viloyatdagi rahbarlari, Kitob tumani hokimi, mahalla faollari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi bino bugungi kun talablariga to‘liq javob beradi. Xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan barcha sharoitlarga ega.
Jumladan, majlislar zali, hujjatlar arxivi, ma’naviyat va tarbiya xonasi, zamonaviy kompyuter va texnik vositalar bilan jihozlangan ish xonalari mavjud. Har bir xona yangi mebellar bilan to‘liq ta’minlangan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar binoning foydalanishga topshirilishi natijasida tuman aholisi uchun kadastr va tegishli yo‘nalishlardagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati yanada oshishi, fuqarolarning murojaatlariga tez va samarali yechim topish imkoniyati kengayishini alohida ta’kidlashdi.









