Koson tumani Arabxona mahallasida zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
2025-08-21 12:12:00 / Yangiliklar

Tumanning Arabxona mahallasida yoshlar uchun navbatdagi zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Ma’lumki, 2024-yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan futbol musobaqalarining respublika final bosqichida Arabxona mahalla jamoasi DXX kubogi g‘olibiga aylangan edi. Shu musobaqadan so‘ng jamoaga va’da qilingan sport inshooti qisqa vaqt ichida qurildi va bugun foydalanishga topshirildi.
Ushbu maydoncha mahalla yoshlari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi. Ochilish marosimida viloyat sport boshqarmasi mas’ullari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etib, barchani ushbu quvonchli tadbir bilan tabriklashdi.
Yangi maydonchaning yana bir muhim jihati unda quyosh panelli yoritgichlar o‘rnatilgani. Bu esa yoshlar va sport ixlosmandlariga kun-u tun sport bilan shug‘ullanish imkonini beradi.









