Mirishkorda 4 gektar maydonda “Pillakorlar bog‘i” barpo etildi
2025-03-12 10:55:00 / Yangiliklar

Mirishkor tumanida ipakchilik sohasini rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash va pillakorlarning mehnatini qadrlash maqsadida 4 gektar maydonda “Pillakorlar bog‘i” tashkil etildi.

Bog‘ barpo etish tadbiri doirasida 300 ga yaqin ko‘chat ekildi. Maydonda 5 mingdan ortiq ko’chat ekish rejalashtirilgan. Ushbu jarayonda viloyat hokimi o‘rinbosari, faol pillakorlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tashabbusning asosiy maqsadi ipakchilik uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslarni ko‘paytirish, pillachilik bilan shug‘ullanayotgan ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy ekologik muhitni yaxshilashdan iborat.
Tadbirda yig’ilganlar sohaga qaratilayotgan e’tibor, ipak qurtini boqish orqali aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, xususan, Prezident farmoni bilan tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarga berilgan soliq imtiyozlarini ta’kidlashdi.

Mazkur loyiha kelgusida nafaqat ipakchilik, balki hududning umumiy ko‘kalamzorlashtirilishiga ham katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.
