Viloyat hokimi rahbarligida navbatdagi "hokimlik soati" ötkazildi
2026-11-17 14:44:00 / Majlislar

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida Prezidentimizning Qaşqadaryoga taşrifi çoğida bergan topşiriqlari va viloyatimizni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, şuningdek, qator sohalarda amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan "hokimlik soati" bölib ötdi.
Yiğiliş davomida eksport rejasi, ta'lim va soğliqni saqlaş, kuz-qiş mavsumini borişi, oziq-ovqat xavfsizligi, is gazidan zaharlanişni oldini oliş böyiça tarğibot jarayonlari, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş, Özbekiston Respublikasining ”Özboşimçalik bilan egallab olingan уеr uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e'tirof etiş töğrisida”gi qonun ijrosi, ''Yaşil makon'' umummilliy loyihasi, hokimliklar muassisligidagi bosma naşrlarning holatini yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlar tuman (şahar) hokimlari hamda mas’ul rahbarlar iştirokida tahlil etilib, yuqorida ta’kidlangan masalalar böyiça galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.
Şuningdek, qişloq xöjaligi oldida turgan muhim işlar, aholi murojaatlari bilan işlaş, ijro intizomi, töy va marosimlarda maromiylikka rioya etiş, investitsiya va boşqa bir qança muhim masalalar ham kun tartibidan joy oldi.









