Viloyat hokimi rahbarligida navbatdagi "Hokimlik soati" o‘tkazildi
2026-10-26 18:30:00 / Majlislar

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida Prezidentimizning Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari va viloyatimizni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi galdagi vazifalar yuzasidan "Hokimlik soati" bo‘lib o‘tdi.
Bunda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, tijorat banklarining kredit portfelidagi muammoli kreditlarni undirish, viloyatda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik holati va otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, dasturlar doirasida aholi va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash uchun respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘larning sarflanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar tuman (shahar) hokimlari hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida tahlil etilib, yuqorida ta’kidlangan masalalar bo‘yicha galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qishloq xo‘jaligi oldida turgan muhim ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi, to‘y va marosimlarda maromiylikka rioya etish, investitsiya va boshqa bir qancha muhim masalalar ham kun tartibidan joy oldi.









