18-OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-10-18 08:15:00 / Ob-havo

Bugun kunduzi respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-25° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarning ba’zi joylarida esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliq bo‘ladi.
