Viloyat hokimi bir qator muhim masalalar bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
2026-10-18 12:05:00 / Majlislar

So'nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarda, xususan, energetika va ta'lim sohasida olib borayotgan keng islohotlari tufayli bugun yurtimizning har bir hududida, shu qatori Qashqadaryoda ham ularning amaliy natijasi namoyon bo'lmoqda va bu xalqimiz kayfiyatida o'z aksini topmoqda.
Shu bois, kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov mas'ullar ishtirokida yig'ilish o'tkazib, unda quyidagi bir qator masalalar, ya'ni kuz-qish mavsumini betalafot o'tkazish, iste'molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta'minlash va yana bir muhim masala ijtimoiy obyektlarning isitish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Xususan, aholi turar-joy manzillari va ijtimoiy muassasalarda elektr, gaz, suv, ko'mir, issiqlik ta'minoti, qurilish nazorati va boshqa yuqorida ta'kidlangan masalalarga oid sohalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti, qolaversa, taklif va muammolari tinglandi.
Viloyat hokimi tomonidan ishlarni yanada jadallashtirish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.









