Viloyat hokimi fuqarolar dardiga quloq tutdi
2026-10-17 19:00:00 / Yangiliklar

Barchamizga ma'lumki, Prezidentimizning topshiriqlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahri, viloyatlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman-shahar hokimlari va o‘rinbosarlari tizimli ravishda qabullar o‘tkazishi haqida e'lon qilingan edi.
Mazkur topshiriqqa asosan viloyat hokimi Murotjon Azimov tizimli ravishda fuqarolar qabulini o'tkazib, murojaatchilar tomonidan aytilgan muammolarni ijobiy hal etish choralari ko'rilmoqda.
Bugun o‘tkazilgan navbatdagi qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, mavjud masalalar va takliflar bilan viloyat rahbariga murojaat qildilar.
Murojaatlar mazmunan o‘rganilib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. O‘rganish va qo‘shimcha vaqt talab etmaydigan ayrim masalalar bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Viloyat hokimi mas’ullarga fuqarolar murojaatlariga yuzaki yondashmaslik, har bir masalani atroflicha o‘rganish, qonuniy yechim topish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.







