"Eko bozor, maktab, bog‘cha, mehmonxona va ko‘p qavatli uylar" - Yakkabog‘ tumanida Yangi O‘zbekiston massivi bunyod etilmoqda
2024-03-02 11:55:00 / Press-relizlar

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Yakkabog‘ tumani "Ayg‘irkul" mahallasi hududida yangidan barpo etilayotgan turar-joy binolarini qurilishi va tashqi muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlash holati hamda "Eko bozor"da amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Unda mas’ullarga birinchi navbatda barcha ishlarni sifatli olib borish kerakligi alohida ta’kidlanib, tayyor uy-joylarning atroflariga obodonlashtirish hamda bolalar maydonchalari va o‘yingohlar qurish, "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida 2 bosqichdagi kanalizatsiya quvurlari ishini davom ettirish, oqova toza ichimlik suv quvurlarini tortib, montaj ishlarini boshlash, ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish kabi masalalarda mas’ullarga kerakli topshiriqlar berib o‘tildi.





Ma’lumot o‘rnida, ushbu massivda 5 qavatli bo‘lgan zamonaviy uy-joylar qurilish ishlarining birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Ayni vaqtda esa mazkur ko‘p qavatli uy-joylar qurilishining ikkinchi bosqich ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Yangi O‘zbekiston massivida "Eko bozor", mehmonxona va boshqa turdagi maishiy xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar binolar ham qad rostlamoqda. Ayni vaqtda massiv hududida 330 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilish arafasida.
