Giyohvandlikka yo‘q deymiz, munosib mehnat va sog‘lom hayotni tanlaymiz!
2026-10-08 10:30:00 / Yangiliklar

Qarshi shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan Kasbiy ko‘nikmalar markazida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz, munosib mehnat va sog‘lom hayotni tanlaymiz!” shiori ostida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbir Qarshi shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Yarmarkada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning oldini olish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha tushuntirish va profilaktik tadbirlar ham olib borildi.
Munosib mehnat — farovon hayot, sog‘lom avlod va barqaror kelajak garovidir.






