SHAHRISABZ TUMANIDA “YAPONIYA KASBLAR MARKAZI” TASHKIL ETILADI
2026-09-28 10:30:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgan Yaponiya delegatsiyasi tuman 1-sonli texnikumi, Yoshlar markazi va Hunarmandlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, qariyb 200 nafar yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tashrif yakunida Shahrisabz tumani hokimligi va Yaponiya delegatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kelishuvga muvofiq, tumanda “Yaponiya kasblar markazi” tashkil etilib, unda yoshlar yapon tili va 16 ta zamonaviy kasb bo‘yicha o‘qitilishi rejalashtirilmoqda.
Markazni tuman 1-sonli texnikumi hududidagi 3 qavatli, 200 o‘rinli bino negizida tashkil etish ko‘zda tutilgan. Mazkur loyiha yoshlarni kasb va tilga tayyorlashdan boshlab, ularni Yaponiyada qonuniy mehnat faoliyatiga yo‘naltirishgacha bo‘lgan yagona tizimni shakllantirishga xizmat qiladi.


