26-SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-26 08:10:00 / Ob-havo

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.
