25-SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-25 08:05:00 / Ob-havo

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.
