Murotjon Azimov xorijlik investorlar bilan muloqot qildi
2026-09-11 17:30:00 / Yangiliklar

Xabar berganimizdek, viloyat hokimi Murotjon Azimov Xitoyning “China State Construction Engineering Corporation Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida Samarqand–Qashqadaryo yo‘nalishida, Taxtiqoracha dovoni orqali o‘tuvchi tunnelni o‘z ichiga olgan pulli avtomobil yo‘li qurish, shuningdek, A380, A378 va D150 avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihalari muhokama qilindi.
Shuningdek, loyiha doirasida zarur hollarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanish, muhandislik-qidiruv ishlarini boshlash hamda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Xitoy kompaniyasi mutaxassislarini Qashqadaryo viloyatiga taklif etish va ikki tomonlama ishchi guruh tuzish bo‘yicha taklif bildirildi.
Tomonlar loyihani amaliy bosqichga olib chiqish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.





