Murotjon Azimov viloyatda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
2026-09-04 17:45:00 / Majlislar

Unda kecha, 3-sentyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.
Joylarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishsiz aholini doimiy va daromadli mehnat bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat hokimi mutasaddilar va hudud rahbarlariga har bir mahalla, har bir oila kesimida ishlash, aniq natija va daromad manbasini yaratish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarilayotgan oilalarning barqaror daromadini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish topshirildi.
Asosiy maqsad - kambag‘allikni qisqartirish va oilalarni barqaror daromad manbaiga olib chiqish.







