5-SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-05 08:10:00 / Ob-havo

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32° bo‘ladi.
Tog’li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.
