4-SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-04 08:25:00 / Ob-havo

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.
Poytaxtimizda ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.
