Qashqadaryoda sentyabr oyi pensiya to‘lovlari moliyalashtirildi
2026-09-03 17:05:00 / Yangiliklar

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2026-yil sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi.
Joriy oyda viloyat bo‘yicha qariyb 392 ming nafar pensionerga jami 667,7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
💳 Shundan 571,8 milliard so‘m pensiyalarini bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning kartalariga yuklab berildi.
💵 Pensiyalarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga esa 95,9 milliard so‘mlik mablag‘ Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan belgilangan grafik asosida yetkazib beriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, pensiyani bank kartasi orqali oluvchi fuqarolarga belgilangan tartibda pensiya miqdorining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ham to‘lab beriladi.
☎️ Murojaatlar uchun: +998787710457
