20 nafar yoshlarga "Prezidentimiz sovg‘asi" - xonadonlar kaliti topshirildi
2026-08-30 16:45:00 / Yangiliklar

So‘nggi yillarda yurtimizda Prezidentimiz tomonidan insonparvarlik va xalqchillik siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Har bir inson, u qaysi soha vakili yoki kim bo‘lishidan qat’iy nazar, davlatimizning, shaxsan yurtboshimizning e’tiborida, hurmat va e’zozida ekanini tobora his qilishmoqda.
Shu bois, bugun viloyat hokimligida Prezidentimiz g‘amxo‘rligi va e’tiborlari tufayli mustaqilligimiz 35 yilligi munosabati bilan chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, uy-joyga muhtoj 20 nafar qashqadaryolik yoshlarga "Prezident sovg‘asi", ya’ni, xonadon kalitlari viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, viloyat hokimi davlatimiz rahbarining yoshlarga berayotgan bunday mehr-e’tiborlariga javoban, ular yaxshi bilim, ilm olib, hunar o‘rganib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya sohasini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona mehnati va tashabbuslari uchun sohaning bir qator xodimlari “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof soha xodimlarining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatiga berilgan munosib baho bo‘lib, ularni kelgusida ham inson qadri va xalq farovonligi yo‘lida yanada faol va fidokorona mehnat qilishga undaydi.









