Qamashida Ozarbayjon korxonasining ikkinchi bosqichi qurilishi boshlandi
2026-08-24 10:25:00 / Yangiliklar

Ozarbayjon Respublikasining “Matanat” xorijiy kompaniyasi tomonidan loyiha qiymati 20 million AQSH dollariga teng bo‘lgan gips va gips mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish ishlari yakunlanib, ikkinchi bosqich - loyiha qiymati 25 mln dollar bo‘lgan gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarishga start berildi.
Start berish tadbirlarida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, ayni kunlarda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan yurtimizda bo‘lib turibdi.
