ZIYODA XUDOYQULOVA — OSIYO CHEMPIONI!
2026-08-10 19:40:00 / Yangiliklar

Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bitiruvchisi Ziyoda Xudoyqulova yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi!
-61 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari yakuniga ko‘ra, Ziyoda Xudoyqulova 93 va 96 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. 🥇
Siltab ko‘tarish bahslarida esa sportchimiz 112 kg natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. 🥈
Ikki kurash yakunlariga ko‘ra, Ziyoda Xudoyqulova 208 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. 🥈









